Madhiya

«O’zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi to’g’risida»gi Qonun 1992 yil 10 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o’n birinchi sessiyasida qabul qilingan.

Mutal Burhonov musiqasi

Abdulla Oripov so’zi

Serquyosh hur o’lkam, elga baxt, najot, 
Sen o’zing do’stlarga yo’ldosh, mehribon! 
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod, 
Shuhrating porlasin toki bor jahon!

Oltin bu vodiylar — jon O’zbekiston, 
Ajdodlar mardona ruhi senga yor! 
Ulug' xalq qudrati jo’sh urgan zamon, 
Olamni mahliyo aylagan diyor!

Bag’ri keng o’zbekning o’chmas iymoni, 
Erkin, yosh avlodlar senga zo’r qanot! 
Istiqlol mash’ali tinchlik posboni, 
Xaqsevar, ona yurt, mangu bo’l obod!

Oltin bu vodiylar — jon O’zbekiston, 
Ajdodlar mardona ruhi senga yor! 
Ulug' xalq qudrati jo’sh urgan zamon, 
Olamni mahliyo aylagan diyor!

Interaktiv Xizmatlar

So'ngi yangiliklar

11/2210

МУСТАҚИЛ ТАШКИЛОТНИ ТАНЛАШ БЎЙИЧА ТАНЛОВ

2022 йил якуни бўйича корпоратив бошкарув тизимини мустакил бахоланишини амалга ошириш учун ташкилот танлови

Davlat portallari

Разработка сайта: ALT